Jamshid Mamatazimov
Ma'lumotlar bilan ishlash va dasturlash orqali biznes muammolariga aniq yechimlar topaman.
O'zim Haqimda
Assalomu alaykum! Men Jamshid Mamatazimov, PDP University'da Biznes Analitika yo'nalishi talabasiman.
Mening asosiy maqsadim — ma'lumotlarni tahlil qilish, ulardan to'g'ri biznes xulosalar chiqarish va jarayonlarni avtomatlashtirishdir. Hozirda SQL va Python kabi kuchli vositalarni o'rganmoqdaman. Kelajakda kuchli tahlilchi va mutaxassis bo'lishni o'z oldimga ulkan maqsad qilib qo'yganman.
Mening Ko'nikmalarim
SQL
50%Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash, so'rovlar yozish va axborotlarni qayta ishlash.
Python
50%Dasturlash asoslari, ma'lumotlar tuzilmalari va jarayonlarni avtomatlashtirish.
Mening Ishlarim
Mijozlar Fikrini Tahlil Qiluvchi Bot
Biznes egalari uchun mijozlar izohlarini yig'uvchi va ularni (Ijobiy/Salbiy) toifalarga avtomatik ajratib tahlil qiluvchi Telegram bot. Python (aiogram) va SQL orqali mijozlar qoniqishini hisoblash tizimi.
Botni ishlatib ko'rishSotuvlar Tahlili Dashboard'i
Korxonaning yillik savdo aylanmasini tahlil qilish, daromad va xarajatlarni vizualizatsiya qilish va biznesni rivojlantirish uchun qarorlar qabul qilishga ko'maklashuvchi interaktiv Power BI loyihasi. SQL orqali katta hajmdagi ma'lumotlar tozalangan.
Tez kundaMijozlarni Segmentatsiyalash
Kompaniya mijozlarini ularning xarid qilish odatlari va xulq-atvori asosida guruhlarga ajratish uchun Python'da yozilgan model. Ushbu tahliliy loyiha orqali marketing samaradorligini va savdo hajmini oshirish maqsad qilingan.
Tez kunda